Toʻliq elektr energiyasida ishlaydigan “Ferrari Luce” avtomobilining ilk nusxasi AQShning Monterey shahrida oʻtkazilgan “Sotheby’s” auksionida rekord darajadagi 40 million AQSh dollariga sotildi.
«Shassi 0» deb nomlangan ushbu avtomobil “Ferrari Luce” modelining ilk seriyali ishlab chiqarilgan nusxasidir.
Avtomobil maxsus yodgorlik belgisi bilan taʼminlangani, uni sotishdan tushgan mablagʻlar esa “Ferrari” tomonidan xayriya maqsadlariga yoʻnaltirilishi taʼkidlanmoqda.
“Bloomberg” maʼlumotlariga koʻra, sotilgan ushbu nusxa auksionda qachonlardir sotilgan eng qimmat yangi avtomobil sifatida rekord oʻrnatdi.
Shuni taʼkidlash joizki, “Ferrari”ning ilk elektromobili 26-may kuni taqdim etilgan edi. Taqdimotdan soʻng kompaniya aksiyalarining narxi 8% dan ziyod pasaydi. Bu esa taxminan 5 milliard yevroga tengdir.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.