
Amerikaning General Catalyst venchur kompaniyasi yaqin besh yil ichida Hindiston startap bozoriga $5 mlrd sarmoya kiritishini e’lon qildi. Bayonot India AI Impact Summit sammitida, New Delhi shahrida berildi.
Investitsiyalar sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash, mudofaa texnologiyalari, fintech va iste’mol xizmatlariga yo‘naltiriladi. Kompaniya Hindistonning asosiy imkoniyati AI’ni real iqtisodiy sohalarga keng joriy etishda ekanini ta’kidladi.
Adani Group va Reliance Industries kabi yirik konglomeratlar ma’lumotlar markazlariga milliardlab dollar kiritish rejalarini e’lon qilgan. OpenAI hamda Tata Consultancy Services 100 MVt quvvatga ega AI markazi qurmoqda. Amazon, Google va Microsoft ham Hindistonda yirik investitsiyalarni e’lon qilgan.
Keywords