
Janubiy Afrikalik muhandislar Mayk Bell va Lyuk Maksimo Bell (ota va o‘g‘il) “Peregreen 4” nomli batareyali dron bilan Ginnes rekordini yangiladi. Ushbu dron soatiga 657 kilometr tezlikka erisha oldi. Oldingi rekord “Drone Pro Hub” tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, u soatiga 626,44 km tezlikni ko‘rsatgandi.
“Peregreen 4” droni o‘zidan oldingi model “Peregreen 3” asosida amalga oshirilgan ko‘plab muhandislik takomillashtirishlarining natijasidir.
Dron yangi konstruktsiya va kichikroq pervanelar bilan jihozlandi (diametri 7 dyuymdan 6 dyuymga kamaytirildi). Ushbu texnik o‘zgartirishlar dronni samaraliroq va tezroq harakatlanadigan qildi. “Peregreen 4” dronining maksimal quvvati taxminan 12 kVt bo‘lib, bu “Peregreen 3” ning 16,2 kVt quvvatidan sezilarli darajada pastdir. Shunga qaramay, tezlikning oshishi qurilmaning tizimli samaradorligi yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Keywords