
Alyuminiy profillar, ekstrudirlash tizimlari va kompozit panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Turkiyaning “Hilal Alüminyum” kompaniyalar guruhi Turkmaniston bilan 20 yildan ortiq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Turkiya eksport tovarlari ko‘rgazmasida ham ularning mahsulotlari namoyish etilmoqda.
“Hilal Alüminyum” kompaniyasi savdo bo‘limi boshlig‘i Adem Tayfun “Neytralniy Turkmenistan” gazetasida chop etilgan intervyusida ta’kidlaganidek, 20 yil davomida turkman bozorida ishonchli ishbilarmonlik aloqalari shakllandi.
“Hozirgi vaqtda biz 12 ga yaqin yirik qurilish va loyiha kompaniyalarini mahsulotlar bilan ta’minlayapmiz, shuningdek, bu yerda rasmiy dilerlarimiz bor. Arqadag‘ shahrining qurilishi birinchi va ikkinchi bosqich loyihalarini amalga oshirish doirasida alyuminiy profillar va butlovchi qismlar ishlatilgan ob’ektlarning taxminan 40–50 foizida bizning mahsulotlarimizdan foydalanildi”, — dedi u.
“Hilal Alüminyum” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini dunyoning 59 mamlakatiga eksport qiladi. Uning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan, korxonaning umumiy maydoni esa qariyb 75 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
“Biz texnologik va ishonchli yechimlarni taklif qilish orqali Turkmanistondagi hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyormiz. Turkmaniston tomoni bilan ko‘p yillik hamkorligimizni yuqori baholaymiz va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan minnatdormiz”, — deya ta’kidladi Tayfun.
Keywords