Indoneziyaning Yava orolida kuchli dengiz bo‘roni yuz berdi. Uning oqibatida uch kishi jabrlanib, qariyb 600 ta bino shikastlandi.

TASS axborot agentligining «Kompas» gazetasiga tayanib xabar berishicha, tabiiy hodisa sababli orolda favqulodda holat e’lon qilingan.

Ayni paytda mahalliy hokimiyat organlari bo‘ron oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Kuchli shamol ko‘plab binolarning tomlari va bostirmalarini uchirib ketib, inshootlarga zarar yetkazgan.