Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi bo‘lgan Qozog‘iston mamlakatga tovuq tuxumlari import qilinishini vaqtincha taqiqladi. Bu haqda «Zakon.kz» portali ma’lumotiga tayanib, Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli qarorini asos qilib olgan «Gazeta.ru» nashri xabar bermoqda.
Yangi cheklov ikki oy davomida amal qiladi. Taqiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlardan olib kiriladigan tuxumlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Shu bilan birga, tovuq tuxumlarini Qozog‘iston hududi orqali tranzit tarzida olib o‘tishga ruxsat beriladi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.