Mashhur amerikalik olim va zamonaviy internet asoschilaridan biri Vinton Serf kelasi hafta Google kompaniyasidagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda TechCrunch nashriga tayanib, AZERTAC axborot agentligi xabar berdi.

83 yoshli Vinton Serf hamkasbi Robert Kan bilan birgalikda bugungi internetning asosini tashkil etuvchi TCP/IP tarmoq protokollarini yaratgan. Ularning 1970-yillarda boshlangan hamkorligi zamonaviy global internetning poydevorini yaratdi.
Serf 2005-yildan buyon Google kompaniyasida vitse-prezident hamda Chief Internet Evangelist lavozimlarida ishlab kelmoqda. U internet texnologiyalari va raqamli innovatsiyalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.
Nafaqaga chiqishidan oldin olim Laude Institute tomonidan tashkil etilgan Open Frontier ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi. Tadbirda ilg‘or sun’iy intellekt modellarining oz sonli yirik kompaniyalar qo‘lida jamlanib borayotgani, TCP/IP protokollari yaratilgan paytda asos qilib olingan ochiq va markazlashmagan internet tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi.
Keywords