Bloomberg tahlilchisi Mark Gurmanning xabar berishicha, Apple kompaniyasi iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max uchun yangi "to‘q qizil" yoki bordo rangini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu Pro seriyasidagi flagmanlar uchun birinchi marta qizil tusdagi rangdan foydalanish bo‘ladi. Binafsha va jigarrang variantlar ham ko‘rib chiqilgan, biroq Apple bordo rangida to‘xtalgan ko‘rinadi. Kompaniyaning birinchi buklama smartfoni — iPhone Fold esa yorqin ranglardan xoli bo‘ladi. U faqat an'anaviy qora va kumushrang ranglarda chiqarilishi kutilmoqda.
iPhone 18 Pro yangi to‘q qizil (bordo) rangda, iPhone Fold esa klassik ranglarda namoyish etiladi
1 daqiqa o'qish27

Apple iPhone 18 Pro uchun hashamatli bordo rangini tayyorlamoqda. Buklama iPhone Fold esa faqat qora va oq ranglarda taqdim etiladi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.