
Ispaniyaning Teltronic kompaniyasi Turkmanistonning transport, neft-gaz majmuasi va togʻ-kon sanoati kabi muhim tarmoqlarini raqamlashtirish va modernizatsiya qilishni istiqbolli yo‘nalish sifatida koʻrmoqda. Bu haqda Trend agentligiga kompaniyaning marketing va korporativ aloqa bo‘yicha menejeri Migel Simon Ramiro ma’lum qildi.
Menejerning ta’kidlashicha, Teltronic Turkmaniston bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda va mahalliy manfaatdor tomonlar, texnologik hamkorlar hamda tegishli institutlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Kompaniya Turkmanistonning milliy rivojlanish maqsadlariga muvofiq aloqa va sanoat tizimlarida zamonaviy va moslashtirilgan yechimlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Aloqa sohasida 50 yildan ortiq tajribaga ega Teltronic Turkmanistonning milliy infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Xabarga ko‘ra, kompaniya TETRA texnologiyasini yangi avlod keng polosali yechimlar bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy aloqa tizimlarining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashning kompleks yondashuvini taklif qilmoqda.
TETRA (Terrestrial Trunked Radio) — 1995 yilda Yevropa Telekommunikatsiya Standartlari Instituti (ETSI) tomonidan ishlab chiqilgan va e’lon qilingan professional raqamli mobil radialoqa standartidir. U davlat muassasalari, favqulodda vaziyatlar xizmati, transport va sanoat foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan.
Keywords