
So‘nggi yillarda jahon avtomobil ishlab chiqarishi iqtisodiy rivojlanish, sanoat salohiyati va texnologik taraqqiyotning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Avtomobilsozlik nafaqat transport vositalarini ishlab chiqarish, balki metallurgiya, kimyo sanoati, elektronika va raqamli texnologiyalar kabi sohalarning rivojiga ham xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahon avtomobil ishlab chiqarishida Xitoy yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu yirik ichki bozor, davlat qo‘llab-quvvatlovi va elektromobillarga yo‘naltirilgan siyosat bilan izohlanadi. AQSh, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya esa yuqori texnologiyali va eksportga yo‘naltirilgan avtomobillari bilan mashhur.
Elektromobillarning ulushi jadal oshib bormoqda, bu esa butun sanoat tuzilmasini o‘zgartirmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi hali cheklangan. Shunga qaramay, Qozog‘iston va O‘zbekiston mintaqada yetakchi hisoblanib, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda avtomobillar yig‘ishni rivojlantirmoqda.
Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda esa avtomobil bozori asosan importga tayanadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda avtomobilsozlik bo‘yicha yetakchi davlatdir. UzAuto Motors kabi yirik korxonalar ichki bozorni ta’minlabgina qolmay, eksportni ham yo‘lga qo‘ygan.
Jahon avtomobilsozligi tezkor texnologik o‘zgarishlar bilan ajralib turadi. O‘zbekiston tajribasi Markaziy Osiyoning katta salohiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Keywords