Portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu Britaniya futboliga bag‘ishlangan yangi serial loyihasini boshlayotganini ma’lum qildi. U ushbu loyihada prodyuser sifatida ishtirok etadi.
Futbolchi bu yangilikni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qildi. U yerda serial rejissyori Metyu Von, aktyor Deymian Lyuis hamda Fransiya milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri bilan tushgan suratlarini joylashtirdi.
Serialda futbol agentining bosh rolini britaniyalik aktyor Deymian Lyuis ijro etadi.
Loyiha UR•Marv Studios kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Krishtianu Ronaldu prodyuser Metyu Von bilan birgalikda ushbu studiya faoliyatiga rahbarlik qiladi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.