2026-yilning dastlabki yetti oyida Lebap sement zavodida 1 million 126 ming tonna sement ishlab chiqarildi. Bu haqda Turkmen gundogary gazetasi xabar bermoqda.
Xabarda ta'kidlanganidek, o‘tgan yilning tegishli davrida ushbu ko‘rsatkich 843,3 ming tonnani tashkil etgan edi. Demak, bir yil ichida sement ishlab chiqarish hajmi 282,7 ming tonnaga yoki 33,5 foizga oshdi. Sement ishlab chiqarishning ortishi qurilish majmuasining zarur xomashyo bazasi kengayib borayotganini anglatadi.
Ilgari yillik ishlab chiqarish quvvati 1 million tonnaga teng bo‘lgan korxonaning hozirgi imkoniyatlari 2 million tonnaga yetkazildi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.