Lebap viloyati hokimligining kommunal xo‘jalik birlashmasiga zamonaviy va qudratli texnikalardan iborat yirik to‘plam — jami 148 dona texnika yetib keldi. Bu haqda “Turkmaniston: Oltin asr” elektron nashri xabar berdi.

Yangi texnikalar tarkibiga 79 ta avtotransport vositasi, 7 ta maxsus texnika va 62 ta turli maqsadlarga mo‘ljallangan uskunalar kiradi. Ushbu texnikalar xodimlar mehnat samaradorligini oshirish va shaharlarni obodonlashtirishga xizmat qiladi.
Ular orasida 15 ta oqava suv so‘ruvchi mashina, 2 ta yuqori bosimli kanalizatsiya tozalovchi, 2 ta supurib-yuvuvchi texnika, 30 ta chiqindi tashuvchi mashina, 3 ta gidroko‘taruvchi, 24 o‘rinli 10 ta avtobus, 25 tonnalik avtokran va boshqa texnikalar mavjud.
Shuningdek, 3 ta ekskavator-yuklagich, 3 ta old yuklagich va 1 ta g‘ildirakli ekskavator ham yetkazib berildi. Daraxt ko‘chirishga mo‘ljallangan va qo‘shimcha o‘rnatiladigan uskunalar mavjudligi ham alohida e’tiborga loyiq.
Yangi texnikalar mahalliy aholining milliy an’analarga muvofiq tantanali ravishda kutib olindi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.