Türkmeniston Markaziy bankining viloyat bo‘limi majlislar zalida, viloyatdagi bank muassasalari va Türkmeniston Kasaba uyushmalari viloyat birlashmasi hamkorligida “Gahryman Arkadagymyz, Arkadagly Serdarymyz, Siziň bilen dünýä dolýar şöhratymyz-şanymyz!” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizdagi barcha banklarning Lebap viloyatidagi bo‘limlarida ishlovchi mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tanlovning maqsadi — bank xodimlarining kasbiy tayyorgarligi, salohiyati va intellektual qobiliyatlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov savol-javob shaklida o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra:

  • 1-o‘rinni Türkmenabat shahridagi “Senagat” Aksiyadorlik tijorat banki jamoasi egalladi.
  • 2-o‘rin, “Daýhanbank” davlat tijorat bankining viloyat va tuman bo‘limlari jamoalariga nasib etdi.
  • 3-o‘rinni esa “Türkmenistan” davlat tijorat bankining viloyat va “Amul” bo‘limlari jamoalari egalladi.

G‘oliblarga Türkmeniston Kasaba uyushmalari viloyat birlashmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

1-o‘rinni olgan jamoa yaqin kunlarda poytaxtda bo‘lib o‘tadigan davlat bosqichida ishtirok etadi.