
Xitoylik olimlar dunyoda birinchi bo'lib optik tolali va simsiz signal uzatishni birlashtirgan tizimni yaratdilar. Shu paytgacha muhandislar bitta infratuzilmada ikki turdagi tarmoq o'rtasida yuqori tezlikdagi uzatishga erisha olmagan edilar. Biroq, yangi ishlanma optik tolali aloqa orqali 512 Gbit/s va simsiz aloqa orqali 400 Gbit/s tezlikka erishish imkonini berdi — bu jahon rekordidir, deb xabar bermoqda "Katta Osiyo" media guruhi.
Yangi texnologiya 5G tarmoqlarining o'tkazish qobiliyatidan 10 baravardan ko'proq samaraliroq: gibrid tizimni sinovdan o'tkazish jarayonida tadqiqotchilar bir vaqtning o'zida 86 ta kanal orqali 8K formatidagi videotranslyatsiyani muvaffaqiyatli yo'lga qo'ydilar. Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu ishlanma 6G tarmoqlarini joriy etish va simsiz ma'lumotlar markazlarini yaratishda katta salohiyatga ega.
Keywords