
Turkmanistonning Televideniye, Radioteshviq va Kinematografiya davlat qo‘mitasi hamda «Turkman otlari» davlat birlashmasi MDHga a’zo davlatlar orasida «Otning nafisligi: kuch va go‘zallik» nomli davlatlararo teletanlov o‘tkazilayotganini e’lon qildi.
Tanlovda telekompaniyalar bilan bir qatorda, yosh cheklovisiz mustaqil mualliflar ham ishtirok etishi mumkin. Filmlar istalgan tilida bo‘lishi mumkin, lekin rus yoki ingliz tilida subtitr bilan ta’minlanishi shart.
Tanlovga ot zotlarining tarixi, MDH xalqlari madaniyatida otning o‘rni va ot sportiga bag‘ishlangan 15–30 daqiqa davom etadigan hujjatli, hujjatli-jurnalistik filmlar hamda teleko‘rinishlar qabul qilinadi.
Tanlov qoidalari bilan «Türkmenistan habarlar portaly» saytida tanishish mumkin.
Keywords