MediaTek Dimensity 8450 mobil protsessorini rasman taqdim etdi — Dimensity 8400’ning vorisi

MediaTek kompaniyasi Dimensity 8400’ning vorisi bo‘lgan yangi mobil protsessor — Dimensity 8450’ni rasman e’lon qildi. Yangi chip TSMC’ning ikkinchi avlod 4 nm texnologik jarayoni asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rta va yuqori o‘rta segmentga mansub qurilmalar uchun mo‘ljallangan.

Asosiy xususiyatlar:

  • CPU: 1×Cortex-X4 (3,25 GHz), 3×Cortex-A720 (3,0 GHz), 4×Cortex-A520 (2,1 GHz)

  • GPU: Mali-G720 MC7, 1300 MHz

  • Kamera qo‘llab-quvvatlashi: 320 MP gacha, kechikishsiz HDR

  • NPU: Agentic AI Engine bilan jihozlangan NPU 880, sun’iy intellekt modellarini lokal tarzda ishga tushurish uchun

  • Energiya tejamkorligi: 5G-modemda UltraSave 3.0+ texnologiyasi

Mazkur protsessor mobil o‘yinlar, foto va video kontent hamda bulutga ulanmasdan ishlaydigan generativ sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan.

Dimensity 8450 bazasida ishlayotgan birinchi qurilma bu — OPPO Reno14 Pro bo‘ldi. Yaqin oylarda ushbu chipdan foydalanuvchi boshqa modellarning ham taqdim etilishi kutilmoqda.