
«Mercedes-Benz» kompaniyasi o‘zining flagman S-Klass sedanining yangilanishini rasmiy e’lon qildi. Yangi avtomobil 2026 yilning yanvar oyining oxirida taqdim etiladi.
Mashina yangi zamonaviy dizayn, yangilangan multimedia tizimi va yanada mukammal xususiyatlarga ega bo‘ladi. Loyihaning asosiy yangiligi — «Drive Pilot» avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining takomillashgan versiyasidir. Oldingi tizim 95 km/soat tezlik bilan cheklangan edi, yangi versiya esa avtomobilning 110 km/soatgacha mustaqil harakatlanishiga imkon beradi.
Yangi «Drive Pilot» tizimi zamonaviy sensorlar, kameralar, radar va lidar bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori aniqlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. «Mercedes-Benz» kompaniyasi ta’kidlaganidek, ushbu yangilanishlar ayniqsa uzoq masofalarda va tezkor yo‘llarda sezilarli bo‘ladi, bu yerda tezlik va autopilotning barqarorligi muhim ahamiyatga ega.
Yangilanish faqat yangi S-Klass modellariga tegishli bo‘ladi. Oldingi ishlab chiqarilgan avtomobillar 95 km/soat tezlik bilan cheklangan bo‘lib, ularga yangi texnik qismlarni o‘rnatib bo‘lmaydi.
Keywords