
Windows 10 hanuzgacha dunyo bo‘yicha millionlab foydalanuvchilar orasida eng mashhur operatsion tizim bo‘lib qolmoqda.
Windows 11'ga o‘tish esa kutilganidan sekinroq bormoqda. Bu, asosan, moslikdagi cheklovlar va yangilanish uchun motivatsiyaning yetishmasligi bilan bog‘liq. Shu sababli Microsoft foydalanuvchilar tomoniga bir qadam qo‘yishga majbur bo‘ldi.
2025-yil 24-iyundan boshlab Windows 10 foydalanuvchilari “Sozlamalar” ilovasi yoki push-bildirishnomalar orqali Extended Security Updates (ESU) dasturiga ulanishlari mumkin bo‘ladi. Bu dastur ilk bor nafaqat korporativ mijozlar, balki oddiy foydalanuvchilar uchun ham ochiq bo‘ladi.
Windows Backup yordamida sozlamalarni Microsoft bulutiga sinxronlashtiring.
Microsoft Rewards tizimida 1000 ball sarflang (bu xizmat Rossiyada mavjud emas).
30 AQSh dollari to‘lang (narx mintaqaga qarab o‘zgarishi mumkin).
Eng oson yo‘l — bu Microsoft akkauntiga ega bo‘lish va bulutga kompyuter sozlamalarini yuklash orqali bulutli backupdan foydalanishdir.
StatCounter ma'lumotlariga ko‘ra, Windows 10’ning bozor ulushi hanuzgacha 65% dan yuqori. Shu bois, Microsoft bu darajadagi katta auditoriyani qo‘ldan boy berib, tizimga alternativasiz ravishda qo‘llab-quvvatlashni to‘xtata olmaydi.
Agar kengaytirilgan qo‘llab-quvvatlash dasturiga talab yuqori bo‘lsa, Microsoft yangilanishlarni yakuniy to‘xtatish muddatini qayta ko‘rib chiqishi yoki ESU dasturini yanada uzaytirishni taklif qilishi mumkin.
Keywords