
Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi 2027-yilda Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “EKSPO 2027” Butunjahon ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida Turkmaniston pavilonini loyihalash va qurish bo‘yicha takroriy xalqaro tender e’lon qildi.
Dushanba kuni “Biznes Reklama” gazetasida chop etilgan xabarga ko‘ra, tanlov bo‘yicha takliflar 2026-yil 13-aprel kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari No‘kerguli Ataguliyev 13-mart kuni raqamli tizim orqali o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida “EKSPO 2027” Butunjahon ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida Turkmanistonning yuqori darajada ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot bergan edi.
Hisobotga ko‘ra, “Insoniyat uchun o‘yin: barcha uchun sport va musiqа” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmaga tayyorgarlik doirasida mamlakat milliy pavilonining qurilish-montaj, jihozlash va bezatish ishlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Keywords