2026-yil 24-noyabr kuni Mo‘g‘uliston va Efiopiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror transport bo‘yicha Do‘stlar guruhi tarkibiga qo‘shildi. Ushbu voqea Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan guruhning yuqori darajadagi yig‘ilishi doirasida yuz berdi. Uchrashuvga Turkmaniston va Xitoy hamraislik qildi.
Guruh tarkibining kengayishi a’zo davlatlar o‘rtasida tajriba almashish hamda BMTning 2026–2035-yillarga mo‘ljallangan Barqaror transport o‘n yilligi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar transport sohasidagi xalqaro kun tartibini dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Avaza harakatlar dasturi bilan uyg‘unlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, guruhning 2027-yilga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasini tayyorlash bo‘yicha kelgusidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.