Dorivor o‘simliklardan biri bo‘lgan moychechak xalq tabobatida ko‘p asrlar davomida og‘riqni kamaytiruvchi, tinchlantiruvchi, qon tomirlarini kengaytiruvchi va shamollashga qarshi tabiiy vosita sifatida qo‘llanib kelinadi. Ayniqsa, uning quritilgan gullaridan tayyorlanadigan choyning foydali xususiyatlari alohida ta’kidlanadi.
Moychechak choyi tarkibida antioksidantlar ko‘p bo‘lib, ular organizm hujayralarini erkin radikallar ta’siridan himoya qilishga va ayrim kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Olimlar uyqusizlikdan aziyat chekadigan insonlarga moychechak choyini ichishni tavsiya etadilar. Ushbu ichimlik taranglikni kamaytirish, tanani bo‘shashtirish va uyqu sifatini yaxshilashga ko‘maklashishi mumkin. Shuningdek, uning miyadagi qon aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli ham qayd etiladi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.