
Dubay shahzodasi Hamdan bin Rashid bin Mohammed al-Maktumning fotosuratga olish bo‘yicha xalqaro mukofoti — «HIPA» tanlovi boshlandi. Ushbu tanlov mazkur yo‘nalishdagi eng yirik musobaqa hisoblanadi. Umumiy mukofot jamg‘armasi bir million dollar bo‘lgan ushbu xalqaro tanlov dunyoning eng mohir fotograflarini birlashtiradi. 2011-yilda ta’sis etilgan mukofot har yili o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu mavsumning asosiy mavzusi «Family», ya’ni oila etib belgilandi. Tashkilotchilar oilaviy qadriyatlarga alohida e’tibor qaratishni taklif qilmoqdalar: muloqot ramzi, vorislar, birlik va boshqalar.
Bundan tashqari, tanlov doirasida «Dreams Through AI», «Sports Photography», «Portfolio (Story-telling)» va «General» yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Shunday qilib, tanlovning bosh sovrini sohibi bo‘lgan fotograf 200 ming dollar miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi.
Ishtirok etishni xohlovchilar 31-mayga qadar bepul asosda ariza topshirishlari mumkin.
To‘liq ma’lumot uchun: https://hipa.ae/award/family-hipa-award-2026
Keywords