O‘zbekistonda Davlat gerbi hamda davlat mukofotlarida qo‘llaniladigan yozuvlarni yangi alifbo talablariga muvofiq o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda «Podrobno.uz» nashri xabar bermoqda.

Tegishli hujjatlarni 2027-yil aprel oyiga qadar tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish rejalashtirilgan.

Yangilanishlar o‘zbek alifbosidagi to‘rtta harf birikmasini alohida harflar bilan almashtirish bilan bog‘liq. Hozircha Davlat gerbi va mukofotlarda qo‘llaniladigan yozuvlarning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.