
«Compare the Market» konsalting kompaniyasi farzandli oilalar yashashi uchun eng qulay shaharlar ro‘yxatini tayyorladi. Avstraliyada joylashgan ushbu kompaniya mutaxassislari shaharlarni xavfsizlik, yashil maydonlar ko‘lami, yashash narxi, bola tug‘ilganda beriladigan ta’til va o‘qish to‘lovlari kabi mezonlar asosida baholadilar. Ro‘yxatga dunyoning turli burchaklaridan jami 50 ta shahar kiritilib, Avstraliyaning Brisben shahri birinchi o‘rinni egalladi. Kvinslend shtatining poytaxti bo‘lgan bu shahar oila a’zolari bilan sayr qilish uchun mo‘ljallangan yashil hududlari bilan ajralib turadi. Ikkinchi o‘rinni London (Angliya), uchinchi o‘rinni Oklend (Yangi Zelandiya) egalladi. Kuchli o‘nlikka Xelsinki (Finlyandiya), Sidney (Avstraliya), Pert (Avstraliya), Melburn (Avstraliya), Stokgolm (Shvetsiya), Berlin (Germaniya) va Seul (Koreya Respublikasi) kirdi.
Kompaniya bundan avval 2023-yilda ham shunday ro‘yxat tayyorlab, 38 ta shaharni baholagan edi. O‘shanda Stokgolm birinchi o‘rinni egallagan edi.
Keywords