Puerto-Rikolik 27 yoshli Jennifer Barreto «Olam go‘zali — 2026» xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibi deb e’lon qilindi. 75-marotaba o‘tkazilgan mazkur tanlov Puerto-Riko poytaxti San-Xuan shahrida tashkil etildi.

Dunyoning turli mamlakatlaridan 116 nafar vakila qatnashgan tanlov yakunlariga ko‘ra, bosh sovrin Jennifer Barreto nasib etdi. Bu haqda tanlovning Instagram’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Jennifer Barreto tanlov tarixida Penelopa ismli yetti yoshli qizi bor ilk g‘oliba sifatida ham ajralib turdi. U ilmiy psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, klinik ijtimoiy ish yo‘nalishi bo‘yicha esa magistr darajasini olgan. 2023-yilda profilaktika bo‘yicha mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan.

Tanlov natijalariga ko‘ra, vitse-miss unvoni Dominikan Respublikasi vakilasi Melisa Nunes, Venesuela vakilasi Klara Vegas, Filippin vakilasi Bea Millan-Vindorski hamda Yangi Zelandiya vakilasi Jorjiya Vaddington o‘rtasida taqsimlandi.