Tadqiqotda 59 mingdan ortiq yuz rasmi va 6200 ta saraton bemorining ma’lumotlari tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, saraton kasalligiga chalinganlar o‘zining haqiqiy yoshiga nisbatan o‘rtacha 5 yilga katta ko‘rinadi. Bu esa FaceAge’ga biologik qarish va umr davomiyligini aniq bashorat qilish imkonini berdi.

Mass General Brigham direktori Xyuqo Aerts shunday dedi: “Insonning o‘z yoshidan qariroq ko‘rinishi sog‘lig‘ini baholashda juda muhim.”

FaceAge dasturining foydalari:

  • Surat orqali biologik yoshni baholash

  • Og‘ir kasalliklarda yashash ehtimolini aniqlash

  • Palliativ tibbiyotda qaror qabul qilishda yordam

Dastur qarilik bilan bog‘liq boshqa surunkali kasalliklarni aniqlashda ham ishlatilishi mumkin.

Ammo texnologiyaning cheklovlari mavjud: algoritm asosan oq tanlilar yuzida o‘qitilgan, yorug‘lik, kosmetika, pardoz-andoz natijaga ta’sir qilishi mumkin. Olimlar FaceAge’ni yanada turli guruhlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.