
“Oltin Asir” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati 5G va 4G+ (shu jumladan VoLTE, LTE-Advanced) uyali aloqa uchun qabul qilish-uzatish stansiyalarini sotib olish, shuningdek, “Oltin Asir” YoAJning amaldagi mobil tarmogʻi dasturiy taʼminoti va texnik vositalarini modernizatsiya qilish boʻyicha ochiq turdagi xalqaro tender eʼlon qiladi. Bu haqda Turkmaniston rasmiy matbuoti xabar berdi.
Tenderga muvofiq, Ashxobod shahrida, shuningdek, Axal, Bolqon, Lebap, Mari va Doshoʻgʻuz viloyatlarida TM CELL mobil tarmogʻini rivojlantirish loyihasi doirasida texnologik uskunalar bilan taʼminlash va oʻrnatish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Turkmaniston Aloqa vazirligi koʻp xizmatli maʼlumotlar uzatish tarmogʻini (Internet tizimini) modernizatsiya qilish maqsadida aloqa uskunalari bilan taʼminlash, oʻrnatish va ishga tushirish boʻyicha xalqaro tender eʼlon qiladi.
Tenderlarda ishtirok etishni xohlovchi tomonlar yozma ariza topshirishlari va tender hujjatlarining toʻliq paketini olishlari lozim.
Keywords