
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq mintaqasidagi hozirgi vaziyat munosabati bilan, insonparvarlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga tayanib, shuningdek, xalqaro majburiyatlarini bajarishga qat’iy sodiq qolgan holda, chet el fuqarolari, avtotransport vositalari va temir yo‘l transportining turkman-eron chegarasidan o‘tishi uchun barcha zarur sharoitlar to‘liq ta’minlanganini ma’lum qiladi. Shu bilan birga, davlat chegarasidagi barcha xalqaro nazorat punktlari odatdagi tartibda ishlamoqda.
4-mart holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy, Rossiya, AQSh, Finlyandiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi 16 davlatdan 200 dan ortiq kishi qo‘shni Erondan Turkmanistonga kirib keldi.
Turkmaniston TIV Matbuot xizmati 2026-yil 4-mart
Keywords