18-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi raisi Sahiba Gafarova boshchiligidagi delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi yig‘ilishi va 61-yalpi majlisida ishtirok etish uchun Turkmanistonga keldi. Bu haqda «Atavatan Türkmenistan» nashri Milliy Majlisning matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Turkmanboshi xalqaro aeroportida Sahiba Gafarovani Turkmaniston Mejlisining Fan, ta’lim, madaniyat va yoshlar siyosati qo‘mitasi raisi Bayramgo‘zel Myradova, MDH Parlamentlararo Assambleyasi Bosh kotibi Dmitriy Kobitskiy, Ozarbayjonning Turkmanistondagi elchisi Gismet Gozalov, Milliy Majlisning MDH Parlamentlararo Assambleyasidagi vakolatli vakili Aydin Jafarov hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.