Hindistonning sharqiy qismida joylashgan Assam shtatida Sayrang — Kalkutta yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdining lokomotivi va oltita vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda «PTI» axborot agentligi mahalliy idoralarga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan. Shu bilan birga, poyezd yo‘lovchilari orasida jabrlanganlar borligi qayd etilmoqda.
Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Tegishli idoralar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.