Gruziyada 22-noyabr kuni Tbilisi chekkasidagi turar joy binosida gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga milliy motam kuni e’lon qilindi. Hukumat qaroriga muvofiq, shu kuni mamlakatning barcha hududlarida davlat bayroqlari yarim tushiriladi.

Baxtsiz hodisa 19-noyabr kuni ertalab Tbilisi yaqinidagi Kvemo-Ponichala aholi punktida yuz berdi. Portlash oqibatida turar joy binosining bir qismi qulab tushdi. Hodisa natijasida ikki nafar bola bilan birga jami olti kishi halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana to‘rt kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga binoning beshinchi qavatiga o‘rnatilgan gazli suv isitkichining nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tbilisi meri Kaxa Kaladze esa tabiiy gaz sizib chiqishi ham portlashga sabab bo‘lgan bo‘lishi ehtimolini ma’lum qildi. Bu haqda «rbc.ru» nashri yozmoqda.