
Turkmaniston Davlat bojxona xizmati bojxona ishini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida telefon orqali ishlovchi onlayn savol-javob xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda xizmat payshanba kuni ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, ushbu xizmat tashqi iqtisodiy faoliyat, jumladan tashqi savdo ishtirokchilari, shuningdek bojxona chegarasidan o‘tayotgan yoki o‘tishni rejalashtirayotgan fuqarolarga bojxona masalalari bo‘yicha real vaqt rejimida onlayn javoblar olish imkonini beradi.
Turkmaniston Davlat bojxona xizmatining onlayn xizmati tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda amalga oshiriladigan bojxona tartib-taomillari, jumladan bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to‘lovlari, shuningdek Turkmaniston qonunchiligida belgilangan taqiqlar va cheklovlar bo‘yicha yuzaga keladigan savollarga javob berishga qaratilgan.
Bundan tashqari, savol-javob xizmati orqali Turkmaniston hududiga olib kiriladigan avtotransport vositalariga qo‘yiladigan talablar, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar, bojxona to‘lovlarining turlari va miqdorlari haqida batafsil ma’lumot olish mumkin. Xizmat bepul taqdim etiladi.
Aloqa telefoni: 39-41-39.
Keywords