«Turkmannebit» davlat konsernining Turkmanboshi neftni qayta ishlash zavodlar majmuasida uglevodorod xomashyosini qayta ishlash va turli xildagi neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishildi. Dunyoda xaridorgir bo‘lgan mahsulotlardan biri — polipropilen ham aynan ushbu ishlab chiqarish majmuasida tayyorlanadi.
Yillik quvvati 90 ming tonna polipropilen ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ushbu inshootda o‘rnatilgan texnologiya va uskunalar jahon andozalariga to‘liq javob beradi.
Zavodda bir kunda 300 tonna polipropilen granulalari ishlab chiqarilib, 25 kilogrammlik qoplarga qadoqlanadi. 2026-yilning o‘tgan hisobot davrida bu yerda 36 ming 800 tonna polipropilen ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich reja 102,4 foizga bajarilganini ko‘rsatadi, deb xabar beradi «Turkmenistan» gazetasi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.