Science Advances jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, sog‘lom ratsion umrni 1 yildan 4,3 yilgacha uzaytirishi mumkin. Xuajun universiteti olimlari 100 ming kishi ma’lumotlarini o‘rganib, hatto genetikasi "yomon" bo‘lganlar uchun ham ovqatlanishning foydasi yuqoriligini aniqlashdi. Eng yaxshi natijani AHEI indeksi (sabzavot, meva va donli mahsulotlar) ko‘rsatdi: erkaklar o‘rtacha 4,3 yil, ayollar esa 3,2 yil ko‘proq umr ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.
To‘g‘ri ovqatlanish umrni 4 yilga uzaytiradi: olimlar xulosasi
1 daqiqa o'qish28

45 yoshda sog‘lom ovqatlanishga o‘tish, genetik moyillikdan qat’i nazar, umr davomiyligini sezilarli darajada oshirishi isbotlandi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.