
23–24-mart kunlari O‘zbekiston poytaxtida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va raqamlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro agrobiznes forumi o‘tkaziladi. Italiya, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon ishtirokidagi ushbu tadbir mintaqada barqaror qishloq xo‘jaligi ekotizimlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Toshkent shahrida 23–24-mart kunlari “Barqaror qishloq xo‘jaligi ekotizimlari uchun innovatsiyalar, regenerativ qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish” mavzusida xalqaro agrobiznes forumi bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston va Italiya Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Forum davomida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, agrar sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb qilish kabi muhim masalalar muhokama qilinadi. Tadbirda yetakchi ekspertlar, investorlar va agrobiznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Dastur doirasida B2B uchrashuvlari ham o‘tkazilib, tadbirkorlar o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.
Keywords