AQSh Prezidenti Donald Tramp bolalar emlash milliy kalendarini sezilarli darajada o'zgartiruvchi farmonni imzoladi. Hujjatga muvofiq, umumiy tavsiya etiladigan bolalar vaksinalari soni 18 tadan 11 tagacha qisqartirildi. Xususan, B gepatiti, COVID-19 va mavsumiy grippga qarshi emlash majburiy tavsiyalar ro'yxatidan chiqarildi.
Farmon shuningdek, qizamiq, tepki va qizilchaga qarshi birgalikdagi MMR vaksinasini uchta alohida ukolga bo'lishni nazarda tutadi. Ushbu emlashlar shifokorga turli tashriflar chog'ida amalga oshirilishi taklif etilmoqda. Tahlilchilarning ta'kidlashicha, ushbu qaror ota-onalarga ko'proq tanlov huquqini berish bilan birga, tibbiyot jamoatchiligida jamoaviy immunitet zaiflashishi borasida xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.