
Turkmaniston Davlat bojxona xizmatiga qarashli O‘quv markazi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona institutiga tashrif buyurdi. Safarning asosiy maqsadi bojxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat edi. Bu haqda xizmatning rasmiy saytida xabar berildi.
Tashrif davomida Institut rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda institut va qayta tayyorlash hamda malaka oshirish fakulteti faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, ta’limda axborot texnologiyalari, elektron monitoring tizimlari va zamonaviy o‘qitish usullarining qo‘llanilishi masalalari muhokama qilindi.
Turkman delegatsiyasi Davlat bojxona xizmatiga qarashli O‘quv markazining faoliyati haqida ma’lumot berdi va “Bojxona qoidalari” mavzusida ma’ruza o‘qildi.
Tomonlar xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, o‘quv-uslubiy materiallar almashinuvi va hamkorlikdagi ta’lim tadbirlarini o‘tkazish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar. Safar dasturi doirasida delegatsiya o‘quv xonalari, ixtisoslashtirilgan kafedralar, kutubxona, kompyuter xonalari va o‘quv maketlari bilan tanishdi.
Keywords