
Turkmaniston iqtisodiy o‘sishi 2027-yilgacha saqlanib qolishi kutilmoqda. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) “YTTB mintaqalarida mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” deb nomlangan hisobotida ma’lum qilingan.
YTTB hisobotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylari yakunlari bo‘yicha mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) o‘sishi yillik hisobda 6,3 foizni tashkil etdi.
Xabarda ta’kidlanganidek, mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’atlari transport sohasi faoliyatining kengayishi, jumladan, O‘zbekiston bilan erkin savdo tartibining amal qilishi va mintaqadagi barcha qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmining oshishi hisobiga ta’minlandi.
Xususiy sektor eksporti qulay narxlar va ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi natijasida ijobiy o‘sish sur’atlarini davom ettirdi. Davlat infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar qurilish sohasining rivojlanishiga va umumiy iqtisodiy faollikning saqlanib qolishiga yordam berdi.
Inflyatsiya xavflarining oldini olish davlat tomonidan tartibga solish choralari, jumladan narx mexanizmlari, importni qo‘llab-quvvatlash vositalari va bank kreditlari tizimidagi cheklovlar orqali ta’minlandi.
Mamlakat hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston iqtisodiy o‘sish sur’ati 2026 va 2027-yillarda ham 6,3 foiz darajasida saqlanib qolishi kutilmoqda. YTTB eksportga yo‘na
Keywords