
Turkmaniston suv resurslari sohasida transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish hamda ularni boshqarishning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirishga qaratilgan Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) mintaqaviy loyihasida ishtirok etadi.
“Report” axborot agentligining OTBga tayanib xabar berishicha, loyiha Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni ham qamrab oladi. Tashabbus Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) doirasidagi suv yo‘nalishi asosida amalga oshirilmoqda.
Texnik yordamning umumiy hajmi 750 ming AQSH dollarini tashkil etib, u OTBning Maxsus texnik yordam jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Loyiha suv resurslarini kelishilgan va barqaror rivojlantirish maqsadida ishtirokchi davlatlar, mutaxassislar, strategik yechimlar va qo‘shma tashabbuslarni birlashtiruvchi mintaqaviy hamkorlik platformasini yaratishga qaratilgan.
OTB ta’kidlashicha, ushbu tashabbus mintaqaviy darajadagi institutsional hamkorlik mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda iqlimga chidamli suv boshqaruvi amaliyotlari va vositalarini modernizatsiya qiladi.
Osiyo Taraqqiyot Banki 2000-yildan buyon Turkmaniston bilan hamkorlik qilib, mamlakat eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish va mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashib kelmoqda.
Keywords