Rossiyaning Ashxoboddagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Turkmaniston xorijiy fuqarolarning Erondan chiqib ketishi uchun qo‘shimcha to‘rtta chegara o‘tish punktini ochdi.
Yangi o‘tish joylari — “Artiq-Lutfobod”, “Gaudan-Bajgiran”, “Aqyayla-Incheburun” va “Oltin Asir-Incheburun”. Ushbu punktlarning barchasi avvaldan ishlab turgan Seraxs o‘tish joyiga qo‘shimcha hisoblanadi.
Dushanba kuni ertalab Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlikning kuchayishi borasida xavotir bildirdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.