
Turkmanistonda bolalar uchun mo‘ljallangan “Arazli mittilar” nomli yangi multfilm taqdim etildi. Multfilm Yangi yil ertagi mo‘’jizalarini va bilimning foydasi haqidagi tarbiyaviy g‘oyani o‘zida mujassam etadi.
Voqea boboning nabiralari Dovron va Gulnora bilan bolanliklarida sodir bo‘lgan bir hikoyani aytib berishi bilan boshlanadi. Yangi yil arafasida bolalar Qorbobodan sovg‘a so‘rab maktub yozadilar, ammo ertalab maktublar yo‘qolganini ko‘radilar. Dovron tunda bu maktublarni o‘g‘irlagan mittilarni ko‘rganini eslaydi.
Bolalar yordam so‘rab Akjemal onaning oldiga boradilar, u esa dugonasi — sehrgar Gummur momoni topishni maslahat beradi. Buvilaridan yo‘l ko‘rsatuvchi oltin tugun olib, Dovron va Gulnora sehrgarning kulbasiga yo‘l olishadi. Sehrgar ularga mittilar yashaydigan Sehrli o‘rmoniga eltadigan sehrli sharcha beradi.
Yo‘lda bola yiqilib, sehrli sharchani sindirib qo‘yadi. Adashib qolgan bolalar qari chinor soyasida panoh topadilar. Ertasi kuni chinor mittilar g‘origa olib boradigan yo‘lni ko‘rsatuvchi kumush yaproq beradi.
G‘or og‘zida ular Yarim-Quloq bilan uchrashadilar. Bo‘yi quloqning yarmichalik bo‘lgan Yarim-QuLoq ularga bo‘ylarini kichraytiradigan maxsus malham beradi.
G‘orning ichiga kirib, bolalar mittilarning Qorbobodan ranjigani uchun maktublarni o‘g‘irlaganini bilib oladilar — chunki Qorbobo ularga hech qachon sovg‘a bermagan. Dovron va Gulnora mittilarga yozishni o‘rgatadilar va ular ham Qorboboga o‘z maktublarini yozadilar.
Minnatdorchilik sifatida mittilar o‘g‘irlangan barcha maktublarni qaytaradilar, Yarim-Quloq esa maktublarni manzillarga tez yetkazishga yordam beradigan sehrli otini beradi.
Hikoya qahramonlarning uyg‘onib, archaning tagidan orzu qilgan sovg‘alarini topishlari bilan yakunlanadi.
Multfilmning asosiy g‘oyasi — savodxonlik, odob-axloq va o‘zaro tushunish har qanday qiyinchilikni yengishga yordam berishidir.
Keywords