
Turkmanistonda Ashxobod – Turkmanboshi temir yo‘lini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda juma kuni bo‘lib o‘tgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Mammetxon Chakiyev tegishli tashabbus bilan chiqish qildi.
Turkmanistonning rasmiy matbuoti xabar berishicha, Bosh vazir o‘rinbosari mamlakatning transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish, tranzit salohiyatini mustahkamlash hamda xalqaro transport yo‘laklaridagi o‘rnini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Ashxobod – Turkmanboshi temir yo‘li mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Turkmanistonning turli hududlarini Turkmanboshi xalqaro dengiz porti bilan bog‘laydi hamda milliy temir yo‘llarni “Lapis Lazuli”, TRACECA, Shimol – Janub va Sharq – G‘arb xalqaro transport yo‘laklariga integratsiya qilishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi, deb ta’kidladi Bosh vazir o‘rinbosari.
Davlat rahbari hisobotni tinglab, transport-logistika sohasini rivojlantirish va tranzit salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha samarali ishlar olib borilayotganini qayd etdi. Ashxobod – Turkmanboshi temir yo‘lining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun strategik ahamiyatini ta’kidlab, uni modernizatsiya qilish bo‘yicha tayyorlangan taklifni ma’qulladi va bu yo‘nalishda tegishli ishlarni amalga oshirishni topshirdi.
Yig‘ilishda davlat hayotining boshqa muhi
Keywords