Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyatiga Turkmanistondan 138,2 tonna qo‘y juni olib kelindi. Bu haqda «Rosselxoznadzor» boshqarmasi xabar bermoqda.
12-avgust holatiga ko‘ra, yil boshidan buyon «Rosselxoznadzor» nazorati ostida Ulyanovsk viloyatiga Turkmanistondan umumiy og‘irligi 138,2 tonna bo‘lgan yuvilgan qo‘y junining 7 ta partiyasi yetkazildi.
Xususan, 10-avgust kuni boshqarma mutaxassislari Ulyanovskdagi tegishli korxonalar uchun mo‘ljallangan, og‘irligi 19,6 tonna bo‘lgan navbatdagi jun partiyasini tekshiruvdan o‘tkazishdi.
«Mahsulot so‘nggi 12 oy davomida Turkmaniston viloyatlarida yetishtirilgan va yuvilgan. Partiyani rasmiylashtirishda boshqarma mutaxassislari Turkmanistonning veterinariya sertifikatlarini «Merkuriy SVX» tizimida №3 shakldagi sertifikatlarga qayta rasmiylashtirdilar. Veterinariya talablarining buzilishi aniqlanmadi», — deyiladi idora saytida.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.