
Mobil bozor navbatdagi katta taqdimotga tayyorlanmoqda. «Amul Info» sharhlovchisi Ahmet Atayev insayder Abhishek Yadav (Yabhishekhd) va Xiaomi manbalariga tayanib xabar berishicha, Xiaomi 17T va 17T Pro 2026-yil aprel yoki may oylarida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Bu T-seriyasi uchun odatdagidan ancha ertaroq muddatdir.
Xiaomi 17T modeli Dimensity 8500 chipi va 6500 mAs batareya bilan jihozlanishi aytilmoqda. Pro talqini esa Redmi K90 Ultra’ning global versiyasi bo‘lib, u Dimensity 9500 protsessori, 8500 mAs batareya va 100 Vt tezkor quvvatlanish tizimini oladi. Har ikki model 50+12+50 MP o‘lchamli Leica kameralari bilan ta’minlanadi.
Manba: Yabhishekhd, Xiaomi
Keywords