25-noyabr kuni Xitoy ekipajli «Shenzhou-24» kosmik kemasini muvaffaqiyatli uchirib, uni belgilangan orbitaga olib chiqdi. Kosmik kema mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan Szюцюan kosmodromidan uchirildi. Bu haqda CCTV+ telekanali xabar berdi.
Pekin vaqti bilan soat 08:18 da «Long March-2F» eltuvchi raketasi yordamida amalga oshirilgan parvozdan taxminan o‘n daqiqa o‘tgach, kema raketadan ajralib, belgilangan orbitaga chiqdi. Endilikda u Xitoyning «Tiangong» kosmik stansiyasiga tutashishga tayyorlanmoqda.
Ekipaj tarkibidan missiya qo‘mondoni Tang Xunbo, bort muhandisi Vu Yi hamda foydali yuk bo‘yicha pokistonlik mutaxassis Muhammad Zeyshan Ali o‘rin oldi. Kosmik kemaning orbitaga muvaffaqiyatli chiqarilgani haqidagi ma’lumotni Szюцюan kosmodromi vakili Li Bensi tasdiqladi.
«Shenzhou-24» kosmik kemasi stansiyaning «Tianhe» deb nomlangan asosiy moduliga tezkor va avtomatik tarzda tutashadi.
Ushbu parvoz Xitoyning ekipajli kosmik dasturi tarixida alohida ahamiyatga ega. Chunki bu xitoylik va xorijiy mutaxassislar birgalikda ishtirok etayotgan ilk kosmik missiyadir.
Ekipaj almashinuvi doirasida pokistonlik kosmik mutaxassis Xitoy kosmik stansiyasida qisqa muddat bo‘lgach, «Shenzhou-23» kemasida Yerga qaytadi. Shu bilan birga, «Shenzhou-23» missiyasi ekipaj a’zolaridan biri Chju Yanchju orbitadagi bir yillik xizmat muddatini yakunlash uchun «Tiangong» stansiyasida qoladi. Bu muddat avvalgi «Shenzhou» missiyalarining odatiy davomiyligidan ikki baravar uzoqdir.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.