
Hozirgi davrda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qatorida ekologik farovonlikni ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda har bir davlat uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining oldini olish, ekologiya va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish muhim hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ekologik farovonlik bo‘yicha o‘nlab konvensiyalariga qo‘shilish orqali Vatanimiz o‘z misolida rivojlanishga global darajadagi muammolarni hal qilish bilan bir qatorda erishish mumkinligini isbotladi. Hozirgi vaqtda Diyorimizning Global metan majburiyatiga muvofiq, 2030-yilga kelib belgilangan 30 foiz chiqindilarni kamaytirish maqsadiga qarab ishonchli borayotgani buning yorqin misolidir. Yurtimizning turli go‘shalarida ulkan o‘rmon zonalarining yaratilishi, har yili minglab ko‘chatlarning ekilishi, qo‘riqxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlarning yaxshilanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu choralar tabiatimizda o‘simlik dunyosining boyishiga, qulay iqlim sharoitlarining shakllanishiga, hayvonlarning xavfsiz hayoti uchun imkoniyatlar yaratilishiga hissa qo‘shdi. Turkmanistonning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishga ham ekologik siyosatda muhim o‘rin beriladi. Qoraqum sahrosining markazida «Oltin asr» Turkman ko‘lining barpo etilishi ekologik xavfsizlikka erishishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Keywords