
Dunyo aholisi 8,2 milliard kishiga yetdi. 1804 yilda aholisi bir milliarddan oshganidan keyin, keyingi asrlarda bu ko‘rsatkich sakkiz barobar oshdi. 2022 yildan boshlab dunyo aholisi 200 milliondan ortiq oshdi. Shu bilan birga, Xitoy va Braziliya aholisi kamaydi, global o‘sishga esa Hindiston va Nigeriya asosiy hissa qo‘shdi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lib, aholisi taxminan 1,5 milliardga yaqin. 2022–2025 yillarda aholisi taxminan 53 millionga oshdi, lekin har bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar soni 1,9 ga tushdi. Kutilayotgan umr davomiyligi 72 yoshdan oshdi, bu esa 2000 yildagi ko‘rsatkichdan taxminan 10 yil ko‘pdir.
Xitoy 1,4 milliarddan ortiq aholisi bilan ikkinchi o‘rinda. 2022 yildan beri aholisi 36 millionga kamaydi. 2023 yilda Hindiston Xitoyni ortda qoldirdi, bunda aholi qarishi va tug‘ilishning rekord darajada pasayishi ta’sir ko‘rsatdi.
AQSh 2025 yilda 347 million aholisi bilan uchinchi o‘rinda turadi. Taxminlarga ko‘ra, 2050 yilga kelib Nigeriyaning aholisi yoshlar ko‘pligi sababli ikki barobar oshib, AQShdan o‘tishi mumkin. Evropada demografik vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Masalan, Italiya aholisi to‘rt yildan kamroq vaqt ichida bir milliondan ortiq kamaydi, Gretsiyaniki esa taxminan 400 mingga tushdi. Bu ikki davlat dunyodagi eng katta o‘rtacha yoshli aholiga ega — mos ravishda 48 va 47 yosh.
Keywords