Yevropa Kosmik Agentligi (ESA) "Mona Luna" nomli yangi lunar rover kontseptini taqdim etdi. Qurilma g‘ayrioddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, unga hazil tariqasida "oy aravasi" laqabini olishgan — oldida faqat ot yetishmaydi.
Mona Luna lunar roverining xususiyatlari:
-
Uzunligi — 2,5 m
-
Kengligi — 1,64 m
-
Og‘irligi — 750 kg
-
Maksimal tezligi — soatiga 20 km gacha
-
Maqsadi — Oy yuzasini o‘rganish va uskunalarni tashish
Loyihaning rivojlanish bosqichi erta, ammo muhandislar Mona Luna yaqin kelajakda Yevropaning Oyga yuboriladigan missiyalaridan birining qismi bo‘lishiga umid qilmoqda. Qurilma to‘liq avtonom bo‘lib, past tortishish sharoitida sayyoraning notekis yuzasida harakatlana oladi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.