
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi «Oq oltin», «Batosh», «Yilg‘inag‘iz» tekisliklaridagi ekinlarni sug‘orish uchun qurilgan «Yilg‘inag‘iz» bosh suv kanali yana to‘lib oqa boshladi. Daryoning o‘ng qirg‘og‘idan boshlanadigan kanal bu yerda o‘rnatilgan quvvatli suv ko‘targichlar yordamida loyqa suvlarni 10 metrdan 59 metr balandlikkacha ko‘tarib, ekin maydonlarining chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondira oladi. Suv ko‘targichlarning ta’mirlanishi va yangilariga almashtirilishi natijasida kanalning suv o‘tkazish quvvati to‘liq tiklandi. Natijada, o‘tgan yil kuzda ekilgan bug‘doy maydonlari sezilarli darajada kengaytirildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va yer egalari shu yildan boshlab ushbu tekisliklarda g‘o‘za va bug‘doy bilan bir qatorda turli oraliq ekinlarni ham ekishni rejalashtirmoqdalar. Bu esa hududda ekin almashlab ekishni tizimli yo‘lga qo‘yishga sharoit yaratadi.
Keywords